Live
1
O'zbek

Luis Enrike: “Siti” erishgan barcha yutuqlariga haqli

Futbol
14 oktabr, 07:30
    3
PSJ ustozi bo‘lajak bahs oldidan raqibning muammolari haqida gapirdi.
Luis Enrike: “Siti” erishgan barcha yutuqlariga haqli
Фото: Getty Images
14.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike “Manchester Siti” klubiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan munosabat bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis manchesterliklarning maydonda erishgan yutuqlarini yuqori baholab, ishning yakuniy natijasi jamoa uchun ijobiy bo‘lishini istashini aytdi.

Avvalroq “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi qoidalarini buzish, jumladan, moliyaviy foyda va barqarorlik talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgan edi.

“Manchester Siti” kabi yirik klublar atrofida doimo ko‘plab shov-shuvlar bo‘ladi. Biz ishning yakuniy natijasini kutyapmiz. Umid qilamanki, ular uchun hammasi yaxshi yakunlanadi. Chunki jamoaning maydonda erishgan yutuqlari hayratlanarli va ular barcha g‘alabalariga munosib”, — deya Luis Enrikening so‘zlaridan keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, PSJ — “Manchester Siti” uchrashuvi bugun, 14-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar