Live
2
O'zbek

Bahodir Jalolov Londonda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Boks
15 oktabr, 06:30
O‘zbekistonlik bokschining raqibi britaniyalik Solomon Dakres bo‘ladi.
Bahodir Jalolov Londonda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Foto: Getty Images

Bahodir Jalolov 17-oktyabr kuni London shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hamyurtimizga britaniyalik Solomon Dakres raqiblik qiladi.

Jalolov professional ringda hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bokschi 15 ta g‘alabasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. Dakres hisobida esa 10 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va uchta nokaut mavjud.

Ushbu boks oqshomining markaziy janglaridan birida Daniel Dyubua va Fabio Uordli o‘zaro to‘qnash keladi. Dasturdan boshqa qiziqarli qarama-qarshiliklar ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Jalolov professional faoliyatida hali mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar