Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo‘ldi. U −52 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Hamyurtimiz final bahsida ozarbayjonlik dzyudochiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibasini muddatidan avval mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida −52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi