Ispaniyalik radio boshlovchi va sport sharhlovchisi Manolo Lama «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinionini «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuv vaqtida qilgan xatti-harakatlari uchun keskin tanqid qildi.
«Mourinio o‘z xatti-harakatlari bilan jamoasiga ham ta’sir qiladi. U futbolchilarni tom ma’noda aqldan ozdiryapti, ularni asabiylashtiryapti va hakamlarga maksimal bosim o‘tkazish uchun tribunalarni ham qo‘zg‘atyapti. Uning barcha harakatlari — shunchaki teatr.
Joze inqirozli vaziyatda hammaning e’tiborini chalg‘itish uchun shlyapasidan quyon chiqaradigan ayyor siyosatchilarni eslatadi. U atrofdagilar haqiqiy muammolarni emas, aynan shu quyonni muhokama qilishi uchun shunday qiladi», — deya Lamaning so‘zlarini keltiradi COPE nashri.
Ma’lumot o‘rnida, «qaymoqranglilar» La Liganing 8-turida «Vilyarreal»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Diomande yagona gol muallifi bo‘ldi.