Germaniya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Portugaliya milliy jamoasidagi o‘yini uchun tanqidga uchrayotgan Krishtianu Ronalduni himoya qildi.
«Krishtianu asosiy tarkibda mashhurligi uchun emas, balki hanuzgacha jarima maydonidagi eng yaxshi hujumchi bo‘lib qolayotgani uchun o‘ynayapti», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra nashri.
Qayd etish lozim, Kroos va Ronaldu 2014-yildan 2018-yilgacha «Real» safida birga to‘p tepishgan. Ular shu davrda Chempionlar Ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqishgan.
Ma’lumot o‘rnida, 41 yoshli Krishtianu Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol urgan. U har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha milliy jamoalar futbolchilari orasida jahon rekordchisi hisoblanadi.
Avvalroq Ronalduning noyabr oyida Portugaliya milliy jamoasiga qaytishi ma’lum qilingandi.