Fransiyalik hujumchi Olive Jiru «Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti bilan munosabatlari va unga yoshi kichik bo‘lishiga qaramay, nega doimo «siz» deb murojaat qilishi haqida gapirdi. Futbolchining ta’kidlashicha, bu qaror murabbiy va o‘yinchi o‘rtasidagi hurmat hamda xizmat munosabatlariga asoslangan.
«Men unga «siz» deb murojaat qilishni o‘zim talab qildim, chunki u mening boshlig‘im», — dedi Jiru kulib.
«O‘zaro hurmat nihoyatda muhim. Bu jamoadagi yosh futbolchilar uchun ham yaqqol namuna bo‘la oladi. Faoliyatim davomida katta tajriba to‘plagan bo‘lsam-da, u bosh murabbiy sifatida endigina o‘z yo‘lini boshlamoqda. Shunga qaramay, murabbiy va futbolchi o‘rtasida tegishli masofa hamda kasbiy hurmat bo‘lishi shart», — deya Jiruning so‘zlarini Ligue 1+ media platformasi keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, Olive Jiru 40 yoshda, Davide Anchelotti esa 37 yoshda. Jiru o‘zining katta tajribasiga qaramay, murabbiy bilan munosabatlarda kasbiy tartib-qoidalarga rioya qilishni muhim deb hisoblaydi.