«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti bir kun kelib «Real»ni boshqarishni istashini aytdi. Italiyalik mutaxassis avvalroq «qirollik klubi»da otasi Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.
«Bosh murabbiy sifatida «Real»ga qaytish — mening orzum. Biroq bunday imkoniyatga munosib bo‘lish kerak. Hammasi nafaqat «Real»ga, balki o‘zimga va murabbiylik faoliyatimdagi muvaffaqiyatlarimga ham bog‘liq.
Hozircha menda bunday klub murabbiyida bo‘lishi kerak bo‘lgan maqom yo‘q. Bu maqom g‘alabalar orqali shakllanadi. G‘oyalar va falsafalar haqida kunlab gapirish mumkin, ammo eng muhimi — g‘alaba qozonish», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal nashri.
Qayd etish lozim, Davide 2013–2015 yillar oralig‘ida madridliklarning fitnes murabbiyi, 2021–2025 yillar davomida esa bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi «Lill» Liga 1 turnir jadvalida besh turdan so‘ng 10 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi