Live
4
O'zbek

Rashid Gʻofurov «Yaypan» bosh murabbiyligidan ketdi

Futbol
9 oktabr, 14:53
Jamoa ayni vaqtda Proliga turnir jadvalida 22 ochko bilan 11-oʻrinni egallagan.
Rashid Gʻofurov «Yaypan» bosh murabbiyligidan ketdi
Фото: Яйпан ПФК

Proliga ishtirokchisi «Yaypan» jamoasi murabbiylar shtabida oʻzgarish yuzaga keldi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Rashid Gʻofurov sogʻligʻidagi muammolar sababli oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimini tark etgan.

«Rashidjon Gʻofurov Proliga musobaqalarida ishtirok etishni boshlagan jamoamizning shakllanishi va oyoqqa turib olishida katta mehnat qildi. Uning jamoamiz rivoji yoʻlida amalga oshirgan ishlari uchun rahmat aytamiz. «Yaypan» futbol klubi nomidan Gʻofurovga jamoamizdagi faoliyati uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz», - deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, jamoa ayni vaqtda Proliga turnir jadvalida 22 ochko bilan 11-oʻrinni egallagan. Keyingi turda ular 13-oktabr kuni BuxDUga qarshi bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaypan Yaypan
Bugungi yangiliklar