Live
4
O'zbek

Islom Ahmedov: «Ochiq aytaman, g‘alaba qozonishimizga hakamlar xalaqit berishdi»

Eksklyuziv
9 oktabr, 14:58
Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Islom Ahmedov: «Ochiq aytaman, g‘alaba qozonishimizga hakamlar xalaqit berishdi»
Фото: Андижон ПФК
09.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 3 : 2 Andijon Andijon

«Buxoro» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- O‘yinga keladigan bo‘lsak, oson kechmasligini bilardik. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, futbolchilarga hech qanaqa e’tirozimiz yo‘q. Ular borini berib, mehnat qilishdi. Faqat g‘alaba qozonishimizga ko‘proq hakamlar xalaqit berdi, ochiq aytaman.

Shuncha paytdan beri o‘ynayapmiz va yutqazgan uchrashuvlarimizni qaraydigan bo‘lsak, futbolchilardan ko‘ra, bizga hakamlar ko‘proq halaqit berishdi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlarda «Buxoro» tomoniga yon bosdi. 2:0 hisobida yutayotgan paytimizda raqib jarima maydoni ichida penalti bermadi. Aut biz tomonda bo‘lyapti, raqib esa xohlagan joyidan aut tashlayapti. Hakam esa bularga e’tibor bermayapti.

Ochig‘i, yigitlarga achinyapman. Ular juda ko‘p mehnat qilishdi. Qolaversa, murabbiylar shtabi uxlamasdan mehnat qilyapmiz. Birgina hakamning raqibga yon bosishidan o‘yin natijasiga ta’sir qilyapti. Tabiiyki, mag‘lubiyat rahbariyatga yoqmaydi va bu o‘z-o‘zidan murabbiyni bo‘shatishga olib keladi. Afsuski, ishlayotgan, izlanayotgan murabbiylarning ishga nisbatan hafsalasini sovitish holati bo‘lyapti.

- Hakamlik masalasi bo‘yicha nima qilmoqchisizlar?

- Hakamlar ishini ko‘rib chiqadigan qo‘mitasi bor. Buni biz hal qila olmaymiz. Hammasini qo‘mita hal qiladi», - deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar