Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) dunyoning beshinchi raketkasi, rossiyalik Mirra Andreyeva va jahon reytingida oltinchi o‘rinni egallab turgan chexiyalik Linda Noskova 2026-yilgi yakuniy turnirga yo‘llanma olgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilingan rasmiy press-relizda ma’lum qilindi.
Ikkala tennischi uchun ham bu yilgi ishtirok, ushbu musobaqada yakkalik bahslaridagi debyut bo‘ladi.
Musobaqa 8 — 15 noyabr kunlari AQSHning Indian-Uells shahrida bo‘lib o‘tadi, u avvalroq Ar-Riyoddan ko‘chirilgan edi. Andreyeva va Noskovadan tashqari Yelena Ribakina (Qozog‘iston) va Arina Sobolenko (Belarus) ham musobaqaga yo‘llanma olgan.