Live
8
O'zbek

«Yuventus» Romano bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
9 oktabr, 10:36
Rimning «Roma» klubi yarimhimoyachisi faoliyatini Turinda davom ettirishi mumkin.
«Yuventus» Romano bilan shartnoma imzolamoqchi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Roma» klubi yarimhimoyachisi Alessandro Romano A Seriyaning boshqa bir jamoasi tarkibiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.

20 yoshli futbolchi xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. «Keksa siniora» Alessandroni yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun munosib nomzod deb hisoblamoqda. Futbolchining o‘zi ham bu transferga qarshi emasligini bildirib ulgurgan.

Ushbu mavsumda Romano ijara huquqi asosida «Kalyari» jamoasi tarkibida to‘p tepmoqda. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Iqtidorli yarimhimoyachining aktual transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Alessandro A Seriya yangi mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi. Xavbek «Kalyari» safida 1 ta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Calyari Calyari
Bugungi yangiliklar