Bugun
10
O'zbek

«Yuventus» Vikario transferini doimiy ravishda rasmiylashtirmoqchi

Futbol
8 oktabr, 05:00
Italiya klubi darvozabonning dastlabki o‘yinlaridan mamnun bo‘lib, uni «Tottenhem»dan sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Yuventus» Vikario transferini doimiy ravishda rasmiylashtirmoqchi
Foto: Getty Images

«Yuventus» ijara asosida jamoaga kelib qo‘shilgan Gulyelmo Vikarioning transfer huquqlarini «Tottenhem»dan sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Yuventus» Gulyelmo Vikarioning dastlabki o‘yinlaridan juda mamnun va allaqachon futbolchini «Tottenhem»dan sotib olish huquqidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Transfer qiymati 8 mln yevroni, bonuslar bilan birga esa 10 mln yevroni tashkil qiladi. Futbolchi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyorlanmoqda», — deb yozdi Skira.

30 yoshli Vikario ushbu mavsumda Italiya A Seriyasida beshta bahsda maydonga tushdi. Darvozabon ularning uchtasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, Vikario «Tottenhem»ga o‘tishidan avval Italiyada «Empoli», «Venetsiya» va «Kalyari» klublari safida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik darvozabon «Tottenhem»dan «Yuventus»ga ijara asosida o‘tgan va uning shartnomasida transferni doimiy asosda rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar