«Real» himoyachisi Raul Asensio mast holda avtomobil boshqargani uchun haydovchilik huquqidan mahrum etilganiga munosabat bildirdi.
— Bu yozda avtomobiling bilan sodir bo‘lgan voqea va senga berilgan katta jarima haqida gaplashaylik. Sen 23 yoshdasan. Xatongni ochiq tan olding. Mourinio ham seni qattiq tanqid qildi.
— Bu juda og‘ir davr bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida hayotimda bir nechta voqea bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ldi. Mourinio mutlaqo haq. Oxir-oqibat, odamlar vaziyatga jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan va ko‘zga tashlanadigan jihatlardan kelib chiqib baho beradi.
Men xato qildim. O‘sha paytda ham buni tan olganman, hozir ham tan olaman. Men allaqachon uzr so‘raganman va yana buni qilishga tayyorman.
Hozir 23 yoshdaman. Bu yoshda har qanday inson yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni men ham qildim. Lekin qayerda ekanimni anglashim kerak. Men «Real» futbolchisiman va bunday holat boshqa takrorlanmasligi lozim.
Hozir vaziyatni to‘g‘rilashga to‘liq e’tibor qaratganman. Bu holatdan eng ko‘p aziyat chekayotgan odam ham o‘zimman. Vaziyatni o‘zgartirib, bu klub bilan sovrinlar yutishni va ushbu libosda faoliyatim oxirigacha o‘ynashni xohlayman.
Shuning uchun bunday holatlar boshqa takrorlanmaydi», — dedi Raul Asensio. Ma’lumot o‘rnida, sentyabr oyida futbolchi 8 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortilgandi.
Hodisa 16 avgust kuni Gran-Kanariya orolining janubiy qismida sodir bo‘lgan.