Benin milliy jamoasi bosh murabbiyi Gernot Ror Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin futbolchilarining raqiblar bilan libos almasha olmaganidan norozi bo‘ldi.
Rorning aytishicha, xavfsizlik xizmati ularni Argentina futbolchilari joylashgan yo‘lak va kiyinish xonasiga kiritmagan.
«Yagona noxush holat — argentinaliklar futbolchilarimizga hech narsa berishmadi. Hatto Messi bilan suratga ham tusha olmadik.
Biz libos almashishni xohlagandik, ammo birortasini ham ololmadik. Hatto ularning yo‘lagiga ham kirolmadik — xavfsizlik xizmati hech kimni o‘tkazmadi.
Futbolchilarimiz argentinaliklar bilan libos almashish umidida o‘z liboslari bilan kelishgandi. Biz kelishishga harakat qildik, ammo barcha urinishlarimiz zoye ketdi.
Shunga qaramay, Lionel Skaloniga 2018-yilgi Messi libosini berdim. Bu libosga Messi 2018-yilgi jahon chempionatida Nigeriyaga qarshi o‘yindan keyin dastxat qo‘yib bergandi.
Skaloni undan libosga qo‘yib berishni so‘radi va keyin uni menga qaytarib berdi. Men yarim soat kutdim, ammo bu muammo emas», — dedi Gernot Ror.
Eslatib o‘tamiz, Argentina Messi uchun xayrlashuv uchrashuviga aylangan bahsda Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.