Bugun
10
O'zbek

«Sen milliy jamoang va mamlakating uchun bor kuchingni berding» — Ronaldinio Messi haqida

Futbol
7 oktabr, 03:30
Sobiq futbolchi argentinalik hujumchining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani munosabati bilan noma yo‘lladi.
«Sen milliy jamoang va mamlakating uchun bor kuchingni berding» — Ronaldinio Messi haqida
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Ronaldinio Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messiga murojaat qildi. Braziliyalik futbolchi o‘z xabarida argentinalik hujumchi bilan bog‘liq xotiralari va uning futboldagi merosi haqida fikr bildirdi.

«Leo, tarixingning ilk kunidanoq uning bir qismi bo‘lganim qanday zavq, qanday quvonch! Sen bizni tabassum qilishga va futboldan zavqlanishga majbur qilarding. Sening noming Argentina va butun dunyo tarixiga muhrlangan.

Faqat bizgina bolalikdagi orzuni ro‘yobga chiqarish — mamlakatimiz sharafini himoya qilish va jahon chempioni bo‘lishdan qanday quvonch olishimizni bilamiz. Sen milliy jamoang va mamlakating uchun bor kuchingni berding.

Oila bilan bog‘liq barcha narsalar insonni ko‘p narsalarni qayta o‘ylab ko‘rishga majbur qilishini seni yaxshi tushungan holda bilaman. Hayotdan zavqlan, aka. Bugun va har doim senga eng yaxshi tilaklarni bildiraman», — deb yozdi Ronaldinio.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsini Beninga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi penaltidan gol urib, ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina milliy jamoasi bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar