Bugun
10
O'zbek

Tuxel Angliya milliy jamoasida 20 ta g‘alabaga eng tez erishdi

Futbol
7 oktabr, 02:45
Mutaxassis Angliya tarixidagi murabbiylar orasida dastlabki 20 ta g‘alabasini eng kam bahsda qo‘lga kiritdi.
Tuxel Angliya milliy jamoasida 20 ta g‘alabaga eng tez erishdi
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya 3 : 0 Chexiya Chexiya

Tomas Tuxel Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida 20-g‘alabasini qayd etdi. Bu natijaga u jamoa tarixidagi boshqa murabbiylardan kamroq bahs o‘tkazgan holda erishdi. Bu haqda OptaJoe xabar berdi.

53 yoshli mutaxassis 20 ta g‘alabaga erishish uchun 26 ta bahs o‘tkazdi. Tuxel Angliya milliy jamoasini 2025-yil 1-yanvardan buyon boshqarib kelmoqda.

Angliya navbatdagi g‘alabasini Millatlar ligasi 4-turida Chexiyaga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi. Angliyaliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu bahsda Harri Keyn dubl qayd etdi, Chexiya himoyachisi Vladimir Tsofal esa o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Chexiya Chexiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar