«Chelsi» yarimhimoyachisi Moises Kaysedo amaldagi haydovchilik guvohnomasi va sug‘urtasiz mashina haydagani uchun jazoga tortildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kaysedo sudga tortildi va taxminan 1700 yevro jarimaga tortildi. Hodisa-2025-yil aprel oyida London klubining mashg‘ulot bazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Futbolchi Audi RSQ8 rulida to‘xtatilgan.
Endi Kaysedo hisobida 8 ta jarima balli mavjud. Uch yil davomida Moises 12 ball to‘plagan taqdirda, avtomatik ravishda 6 oygacha haydash taqiqlanishi mumkin.
Voqeadan so‘ng avtomobil musodara qilindi. Klubdagilar esa mazkur voqeani futbolchining «shaxsiy ishi» deb atadi.