Bugun
10
O'zbek

«Tottenhem» 100 mln yevrolik hujumchini qaytarmoqchi

Futbol
7 oktabr, 02:15
London klubi o‘z tarbiyalanuvchisi Troy Parrottni «Betis»dan qaytarishni rejalashtirmoqda.
«Tottenhem» 100 mln yevrolik hujumchini qaytarmoqchi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» Ispaniyaning «Betis» klubida to‘p tepayotgan hujumchi Troy Parrottni jamoaga qaytarmoqchi. Bu haqda Estadio Deportivo xabar berdi.

Biroq «Betis» futbolchining ehtimoliy ketishidan xavotirda emas. Sababi irlandiyalik hujumchining shartnomasida 100 mln yevrolik tovon puli belgilangan.

Parrott «Betis»ga 2026-yil yozida 16 mln yevro evaziga o‘tgan. U jamoa safida barcha turnirlarda yettita bahsda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining «Betis» bilan shartnomasi 2031-yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Betis Betis
Bugungi yangiliklar