Bugun
10
O'zbek

«Liverpul» himoyachisi jarohat sabab Fransiyaning Belgiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yubordi

Futbol
7 oktabr, 05:56
Jake UYEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiyaga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmadi.
«Liverpul» himoyachisi jarohat sabab Fransiyaning Belgiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yubordi
Foto: Gettyimages

«Liverpul» himoyachisi Jeremi Jake jarohat tufayli Fransiya milliy jamoasining Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi o‘yinida ishtirok etmadi. Bu haqda Onefootball xabar bermoqda.

21 yoshli futbolchi Fransiyaning oldingi ikki o‘yinida maydonga tushgan, biroq Belgiya bilan bellashuvda maydonga tusha olmagan. Fransiya futbol federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Jakening chap soni orqa yuzasining cho‘zilishi aniqlangan. Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jarohatni yengil deb atadi.

Jakening jarohati «Liverpul» uchun xalqaro tanaffus paytida yana bir muammo bo‘ldi. Avvalroq Aleksandr Isak va Kodi Gakpo turli jarohatlar tufayli o‘z milliy jamoalari qarorgohini muddatidan oldin tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya hamda Belgiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 4:1 hisobida fransuzlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bugungi yangiliklar