Bugun 7 oktabr. FIFA kunlari yakuniga yetdi va endi milliy chempionatimiz karvoni yana yo‘lida davom etadi. Aynan bugundan Superliganing 23-turiga start beriladi.
Turning dastlabki o‘yini Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda «Neftchi» - «Xorazm» jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Mazkur tur 11 oktabr sanasida yakunlanadi.
Tabiiyki, ushbu tur davomida bir-biridan qiziqarli uchrashuvlar kutilmoqda. Taniqli mutaxassislardan biri Ilhom Mo‘minjonov 23-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
7 oktabr.
19:00. «Neftchi» - «Xorazm»
- 23-turga keladigan bo‘lsak, 7 oktabrdan «Neftchi» va «Xorazm» o‘yini bilan boshlanarkan. Bu yerda «Neftchi» yaqqol yetakchi. O‘ylaymanki, ushbu uchrashuvda mezbonlar 100 foiz g‘alaba qozonadi. «Xorazm»ga imkoniyat qoldirishmaydi.
9 oktabr.
18:30. «Qo‘qon-1912» - «Mash’al»
- Bu o‘yinda qo‘qonliklarga juda kerakli ochkolar. Buning ustiga «Qo‘qon-1912» jamoasi anchadan beri g‘alaba qozona olmay kelyapti. Bilishimcha, ushbu bellashuvda maydon egalari minimal hisobda bo‘lsa ham yutsa kerak.
19:00. «Paxtakor» - «Bunyodkor»
- «Paxtakor» - «Bunyodkor» o‘rtasidagi qarama-qarshilikda ham «Paxtakor» favorit hisoblanadi. Shu sababli ular «Bunyodkor»ga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi va g‘alaba qozonadi.
19:00. «Buxoro» - «Andijon»
- Ushbu juftlikda men kuchlar teng kelishini va uchrashuvda durang natija qayd etiladi, deb o‘ylayapman. «Andijon» safarda bir ochkoni qo‘lga kiritsa kerak.
19:30. «Nasaf» - «Dinamo»
- Qarshida ham muxlislar yaxshi o‘yinga guvoh bo‘lishadi. Qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu bahsda «Nasaf» nazarimda minimal hisob bilan g‘alaba qozonadi. Qarshiliklar o‘z uyida raqibini taslim qila oladi.
10 oktabr
18:00. «Qizilqum» - «Surxon»
- «Qizilqum» - «Surxon» bellashuvida menimcha, durang bo‘lsa kerak. Chunki «Surxon» jamoasi oxirgi paytlarda safar uchrashuvlarida yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti.
11 oktabr
16:00. OKMK – «Navbahor»
- OKMK va «Navbahor» o‘rtasidagi o‘yinga ham qiziqish katta bo‘lishi tabiiy. O‘ylashimcha, bu juftlikda namanganliklar Olmaliqda uch ochkoni qo‘lga kiritishsa kerak.
16:00. «So‘g‘diyona» - «Lokomotiv»
- Ushbu juftlikda kuchlar teng keladi.
Ilhom Mo‘minjonov: «Ushbu uchrashuvda mezbonlar 100 foiz g‘alaba qozonadi»
Futbol
7 oktabr, 03:10
Mo‘minjonov 23-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Фото: Металлург ПФК