Bugun
10
O'zbek

«Real» yarimhimoyachisi: «Men chindan Messini yaxshi ko‘raman»

Futbol
7 oktabr, 04:40
Yarimhimoyachi Franko Mastantuono 39 yoshli argentinalikning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.
«Real» yarimhimoyachisi: «Men chindan Messini yaxshi ko‘raman»
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Fiorentina» jamoasida ijara huquqi asosida o‘ynayotgan «Real Madrid» klubi yarimhimoyachisi Franko Mastantuono 39 yoshli hujumchi Lionel Messining Argentina milliy jamoasini tark etganiga izoh berdi.

«Men juda ta’sirlandim, chunki Messi bolaligimdan beri mening kumirim edi. Men uni chindan ham yaxshi ko‘raman», - deya futbolchining so‘zlarini insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi bilan xayrlashuv o‘yinida Argentina milliy jamoasi Benin milliy jamoasiga qarshi o‘z uyida o‘yin o‘tkazdi. Lionel Skaloni shogirdlari afrikaliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Messi milliy jamoadagi oxirgi o‘yinida hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Bugungi yangiliklar