Proliga ishtirokchisi TerDU 21-tur doirasida «Orol»ga qarshi bahsni o‘tkazish uchun Nukusga bora olmasligini ma’lum qildi. Klub bu qarorga moliyaviy holatining barqaror emasligini sabab sifatida ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi TerDU tomonidan yuborilgan xatni ma’lumot uchun qabul qilgan. Shu munosabat bilan bahsni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha rejalar, jumladan, bahs rasmiylarining Nukusga safarini ham bekor qilishga qaror qilingan.
PFL reglamentining 14.8-bandiga muvofiq, «Orol» va TerDU o‘rtasidagi bahsda mezbon jamoaga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yoziladi. TerDU esa xuddi shu hisobda texnik mag‘lubiyatga uchragan deb qayd etiladi.
Shu tariqa bahs amalda o‘tkazilmaydi va uning natijasi reglament asosida rasmiylashtiriladi.