Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi joriy yilning 3-avgust kuni TerDU futbol klubini ogohlantirib, 27-avgustga qadar klubning 16 nafar futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilish majburiyatini yuklagandi.
Shunga qaramay, TerDU klubi qo'mita tomonidan chiqarilgan qaror ijrosini bajarmadi. Oqibatda, klubga nisbatan ketma-ket ikki ro'yxatdan o'tkazishning to'liq davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yildi.
Eslatib o‘tamiz, TerDU klubi PRO-Ligada 20-turdan keyin 4 ochko bilan so‘nggi, 14-o‘rinni band etib turibdi.