Bugun
45
O'zbek

Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida Eronni mag‘lub etdi

Futbol
29 sentabr, 15:01
    5
Har ikki gol Aleksandr Golovin hisobiga yozildi.
Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida Eronni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
29.09.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Rossiya Rossiya 2 : 0 Eron Eron

Rossiya milliy jamoasi FIFA kunlari munosabati bilan Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikki gol Aleksandr Golovin hisobiga yozildi. U 21 va 36-daqiqalarda eronliklar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bungacha Valeriy Karpin shogirdlari Burkina-Faso va Trinidad va Tobago jamoalarini bir xil — 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Rossiya navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 3 oktabr kuni Namibiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

6 oktabr kuni esa rossiyaliklar Nigeriya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Nijniy Novgorodda o‘tkaziladi.

Eron esa avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi Farg‘onada o‘ynagan va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Hozirgi vaqtda Rossiya FIFA reytingida 35-o‘rinda bormoqda. Eron 22-o‘rinni egallab turibdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Rossiya – Eron 2:0
Gollar
: Golovin 21, 36.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rossiya Rossiya
  • Eron Eron
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar