«Bavariya» klubi «Barselona» va Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi Kunde bilan shartnoma imzolash variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu transfer «Bavariya» muhim futbolchilaridan birini sotgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi Kim Min Je bilan xayrlashishga tayyor. Janubiy koreyalik himoyachiga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda va transfer qiymati taxminan 40 million yevroni tashkil etishi mumkin. Uning xizmatlariga «Tottenhem», «Aston Villa» va «Milan» da’vogarlik qilmoqda.
Kunde bu mavsumda barcha turnirlarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Jyulning bozordagi qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.