«Inter»ning sobiq himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini «Bolonya»da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
36 yoshli italiyalik futbolchi ayni paytda erkin agent maqomida bo‘lib, yangi klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Futbolchi «Bolonya» bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bir yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Klub tajribali himoyachini jarohat olgan Emil Holm o‘rniga tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Holmning son mushagidagi jiddiy jarohati sabab 4–6 oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Avvalroq italiyalik futbolchiga «Torino» va «Kalyari» ham qiziqish bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, Darmian 2020–2026 yillar davomida «Inter» safida 218 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. U milanliklar bilan 3 marta A Seriya, 3 marta Italiya kubogi va 3 marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2026 yilning yozida uning «Inter» bilan shartnomasi yakunlangan.