Bugun
45
O'zbek

Runi: «Siti»dan chempionlikni olib qo‘yishlariga qarshiman. «MYU» bilan yutgan 5 ta sovrinimdan mamnunman

Futbol
29 sentabr, 14:19
Ueyn «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
Runi: «Siti»dan chempionlikni olib qo‘yishlariga qarshiman. «MYU» bilan yutgan 5 ta sovrinimdan mamnunman
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti»dan 2011/12-yilgi APL mavsumi chempionlik unvoni olib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Shaxsan, biz bunga loyiq bo‘lganmiz, deb o‘ylamayman. O‘sha mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yetarlicha ish qilmadik. Esimda, mavsum tugashiga to‘rt yoki beshta tur qolganida raqiblardan olti yoki yetti ochko oldinda edik, ammo g‘alabani qo‘ldan chiqardik.

Premer-ligadagi medalimni olganimga qancha vaqt bo‘lganini o‘ylasam... Balki shunday bo‘lishi va medallarni bizdan olib qo‘yishlari mumkin. Ammo men bunday bo‘lishini istamayman, chunki o‘sha yili jamoa sifatida biz bunga loyiq bo‘lganmiz, deb hisoblamayman. Axir biz birinchi o‘rinni egallamaganmiz.

Men qo‘lga kiritgan beshta chempionlikdan mamnunman. Bu medalni istamayman. Faqat 15 yil o‘tib, «Siti» qoidabuzarlik qilgani uchun senga chempionlik medali berishlarini xohlamayman», — deya Runining so‘zlarini keltiradi ESPN.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar