2020-yil boshida UYEFA «Manchester Siti»ni 2012-yildan 2016-yilgacha homiylik shartnomalari daromadlarini oshirib ko‘rsatgani uchun Chempionlar ligasidan chetlatishga qaror qilgan edi. Keyinchalik «shaharliklar» UYEFA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilib, ishda yutib chiqqandi. La Liga rahbari Xaver Tebas bu masalani qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
«Menimcha, Sport arbitraj sudi qarori qayta ko‘rib chiqilishi kerak, chunki u UYEFA tomonidan berilgan sanksiyani bekor qildi. Bu juda shubhali qaror edi. Endi UYEFA haq ekanligi isbotlandi», - deya Tebasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal portali.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining yangi mavsum birinchi turida «Manchester Siti» safarda «Port-u»ni 2:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi