Bugun
45
O'zbek

APLda qoldirish, ammo har yili jazolash: «Manchester Siti» uchun sanksiyalar taklif etildi

Futbol
29 sentabr, 11:52
Premer-liga klubining sobiq rahbarlaridan biri jazo qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oyani oshkor qilgan.
APLda qoldirish, ammo har yili jazolash: «Manchester Siti» uchun sanksiyalar taklif etildi
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» ko‘plab moliyaviy qonunbuzarliklarda aybdor deb topildi. Endilikda Premer-liganing top-klubini jazo kutmoqda, ammo uning qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Shu fonda «shaharliklar» mustaqil komissiya qarori ustidan shikoyat qilmoqchi, ya’ni sud jarayoni yana biroz cho‘zilishi mumkin.

The Touchline nashrining xabar berishicha, Premer-liga klubining sobiq rahbarlaridan biri «Manchester Siti»ni qanday jazolash mumkinligi haqidagi g‘oyani oshkor qilgan. Jamoani yuqori divizionda qoldirishlari mumkin, ammo uch — besh yil davomida har mavsum oldidan jamoadan 20-25 ochko olishlari mumkin. Ya’ni «shaharliklar» mavsumni -20 yoki -25 ochko bilan boshlaydi.

Bunday jazo sxemasi qo‘llanilgan taqdirda «Manchester Siti» Chempionlar ligasiga chiqishi deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar