Fransiyaning «Pari Sen-Jermen,» Angliyaning «Manchester Siti,» «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari «Port-u»ning o‘ng qanot himoyachisi Albertu Koshta bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Caught Offside nashrining agentlik sohasiga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, sanab o‘tilgan klublar 23 yoshli futbolchi atorfidagi vaziyatni faol tarzda kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, hozircha himoyachi transferi borasida rasmiy takliflar kelib tushmagan, ehtimoliy xaridor klublar hali o‘rganish va tahlil qilish bosqichida. Kostaning «Port-u» bilan amaldagi shartnomasida 65 million yevrolik tovon puli bo‘yicha band mavjud. Ushbu summaning 10 foizi portugaliyalikning sobiq klubi Turinning «Yuventus» jamoasiga nasib qiladi.
Ma’lum qilinishicha, potensial bitimning murakkabligi Koshtaning hozirgi klubi bilan shartnomasi muddati bilan bog‘liq. Himoyachi o‘tgan yozda «Yuventus»dan 15 million yevro evaziga «Port-u»ga o‘tgan va-2030-yilning iyunigacha shartnoma imzolagan edi.