Proliganing 20-turi doirasida FarDU o‘z maydonida BuxDU jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbonlar tarkibida Murodjon Komilov dublga erishgan bo‘lsa, Muxarram Abelfazov o‘z nomiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi. Buxoroliklar bunga faqatgina Jasurbek Ubaydulloyevning aniq zarbasi bilan javob berishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng FarDU ochkolari sonini 39 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. BuxDU esa 10 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.
Proliga. 20-tur
FarDU — BuxDU 3:1
Gollar: Murodjon Komilov (16, 21), Muxarram Abelfazovm (40) — Jasurbek Ubaydulloyev (75).