Live
2
O'zbek

«Arsenal» Arteta bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
22 sentabr, 10:14
Mikel 2019-yildan beri «to‘pchilar» ustozi sifatida mehnat qilmoqda.
«Arsenal» Arteta bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha oy davom etdi. Yangi kelishuv muddati hozircha tasdiqlanmagan. Lekin murabbiy yaqin 10 yil ichida yana jamoani boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Mikel 2019-yildan beri «to‘pchilar» ustozi sifatida mehnat qilmoqda. Qayd etilishicha, yangi shartnomada Artetaning maoshi sezilarli darajada oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Hozirda ispaniyalik mutaxassis bir mavsum uchun taxminan 11,7 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, u 5,83 million yevro miqdorida bonus olishi mumkin. Kelishuv tez orada rasman e’lon qilinishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» o‘tgan mavsumda 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar