Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoamiz FIFA kunlaridan foydalanib Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Bu jahon chempionatidan keyingi jamoamizning dastlabki tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. Ushbu yig‘in davomida Eron, Suriya va Janubiy Koreya termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.
Yig‘inga taklif qilingan futbolchilar orasida Ozarbayjonning «Sabah» klubida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan yarim himoyachimiz Umarali Rahmonaliyev ham bor.
Tribuna.uz jurnalisti esa Rahmonaliyevdan intervyu oldi.
- Umarali, milliy jamoamizga yaxshi kayfiyatda kelganingiz ko‘rinib turibdi. Jahon chempionatidan keyingi ilk yig‘in bo‘yicha taassurotlar qanday?
- Har bir futbolchi milliy jamoaning yig‘iniga ishtiyoq va albatta yaxshi kayfiyatda keladi, vatan jamoasini himoya qilish hamma uyuchun faxr, birinchi kundan so‘ng mashg‘ulot jarayoni va ichki muhit a’lo darajada.
- «Sabah» klubidagi faoliyatingiz yorqin chiqayotgani biz uchun ham quvonarli. Rostini ayting-chi, u yerdagi faoliyatingiz o‘zingiz kutganingizdan ham ko‘ra a’lo chiqyaptimi yoki aynan shunday tasavvur qilganmidingiz?
- To‘g‘ri aytdingiz, hozirda Allohning qudrati bilan o‘zim kutgandek o‘yin formasiga kirishga muvaffaq bo‘lyapman, lekin hali yana ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi.
- Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lyapsiz. Buning gashti qanday ekan?
- O‘ylashimcha, har bir oldiga katta maqsad qo‘ygan futbolchining niyatlaridan biri Chempionlar ligasida ishtirok etish va shu qatori meniki ham. O‘yinga chiqqaningizda lahzalar ichida bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘llar xayolingizdan tezda o‘tib ketarkan.
- «MYu»ga qarshi «Old Trafford»dagi o‘yin haqida so‘ramoqchi edim. «Old Trafford»ni orzular teatri deb atashadi. U yerda o‘ynaganingizda nimalarni his qildingiz?
- O‘zimiz kutgandek natija qayd etmaganimiz uchundir, biz kutgandek his-tuyg‘ularni ololmadim, to‘g‘risi tatimadi. Hamma aytishi mumkin «aniq edi-ku yutqazishlaringlar» deb, lekin bu hisobda yutqazishga loyiq emas edik.
- YeChLda «Sabah» uyida «Barselona»ni qabul qiladi. Bu siz unga qarshi o‘ynashingiz mumkin bo‘lgan orzuingizdagi jamoami?
- «Barselona» jahонning eng kuchli 5 jamoasidan biri. Men uchun prinsipial bo‘lgan jamoa deb aytolmayman, lekin bu kabi klublarga qarshi o‘ynash yaxshi tajriba va kelajak uchun yaxshi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
- «Sabah»ni oldiga YeChLda qanday vazifa qo‘yilgan?
- Bosim beradigan vazifa yo‘q, maksimum natija qayd etish va o‘zimiz xohlagan, har doim o‘ynab kelayotgan o‘yin stilimizni top-jamoalarga qarshi ham qo‘rqmasdan namoyish etish.
- «Sabah» chempionatda 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba qozondi. Jamoani bunday kuchli startni boshlashiga asosiy sabab nima?
- Hozir jamoada hamma yaxshi formada va yana yaxshi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolandi.
- Umuman olganda, Ozarbayjon bilan O‘zbekiston chempionati darajalarini qanday solishtira olasiz?
- Endi, solishtirish kim qanday qarashiga bog‘liq. Har bir chempionatning o‘ziga yarasha kuchli jihatlari bor. Ozarbayjon bilan solishtirganda, ko‘proq intensiv futbolga yondashilgan.
- «Sabah» klubidan keyingi maqsad va rejangiz qanday?
- «Sabah»da nasib qilganicha borimni berib, jamoa yutuqlari uchun hissa qo‘shib, keyin maqsad qilganimizdek, dunyoning yanada yaxshi chempionatlariga ko‘chib o‘tish.
Umarali Rahmonaliyev: «Old Trafford»da o‘zimiz kutgan his-tuyg‘ularni ololmadim»
Eksklyuziv
22 sentabr, 10:04
4
Tribuna.uz jurnalisti esa Rahmonaliyevdan intervyu oldi.
Фото: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi