«Roma» hujumchisi Doniell Malen A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar qatoridan joy oldi. Bu haqda futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ma’lum qildi.
Malen ushbu mavsum A Seriyaning dastlabki besh turida olti gol urdi. Niderlandiyalik futbolchi «Roma»ga o‘tganidan buyon barcha turnirlarda 26 ta bahsda 21 ta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ro‘yxatda eng katta o‘sish «Milan»ning yangi futbolchisi Diegu Moreyrada qayd etilgan. Uning transfer qiymati €20 millionga oshib, €45 millionni tashkil qilgan. «Milan»ning yana bir yangi futbolchisi Alfajo Sisse esa €13 millionlik o‘sish bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar:
- Diegu Moreyra («Milan») — €45 mln (+€20 mln)
- Xakobo Ramon («Komo») — €45 mln (+€15 mln)
- Alfajo Sisse («Milan») — €20 mln (+€13 mln)
- Alessandro Romano («Kalyari») — €15 mln (+€13 mln)
- Alyo Njiye («Fiorentina») — €15 mln (+€12 mln)
- Manu Kone («Roma») — €60 mln (+€10 mln)
- Doniell Malen («Roma») — €55 mln (+€10 mln)
- Martin Baturina («Komo») — €55 mln (+€10 mln)
- Andi Diuf («Inter») — €30 mln (+€10 mln)
- Randal Kolo Muani («Yuventus») — €30 mln (+€10 mln)
Eslatib o‘tamiz, Malen ushbu mavsum «Roma» safida beshta turda oltita gol urgan.