Mane avvalroq o‘zining tug‘ilgan shahri Bambalida maktab, shifoxona, masjid va yoqilg‘i quyish shoxobchasi qurilishini moliyalashtirgan edi. Endilikda esa Sadio «SM10 AGRO» deb nomlangan keng ko‘lamli mango yetishtirish loyihasiga 20 million dollar sarmoya kiritmoqda.
Loyiha 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratishi kutilmoqda va mango plantatsiyalari, qayta ishlash korxonalari, qishloq xo‘jaligi o‘quv markazi va ilmiy-tadqiqot obyektlarini o‘z ichiga oladi.
«Men o‘z yerimizdagi boylik o‘zimizda qolishini xohlayman. Foyda odamlarimizga tegishi kerak», - dedi Mane Bambalidagi loyiha taqdimotida.