Live
2
O'zbek

Manchini: «Italiya yaqin 4-yilda sovrin yutishiga ishonaman»

Futbol
22 sentabr, 06:37
Italiyaliklar ustozi yaqin yillarda jamoa uning qo‘l ostida muvaffaqiyat qozonishiga ishonmoqda.
Manchini: «Italiya yaqin 4-yilda sovrin yutishiga ishonaman»
Foto: Gettyimages

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqin bir necha yil ichida jamoani sovrin sari yetaklashiga ishonchi komil.

«G‘alaba kaliti — o‘yindan zavq olish va yaxshi futbol ko‘rsatishdir. Men maydonda hukmronlik qiladigan jamoa yaratmoqchiman. Ishonchim komilki, yaqin to‘rt yil ichida hech bo‘lmaganda bitta sovrinni qo‘lga kiritamiz. Men bu yerga imkon qadar tezroq nimadir yutib olish uchun keldim», - deya Manchinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Eslatib o‘tamiz, Italiya milliy jamoasi so‘nggi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan, shundan so‘ng Jennaro Gattuzo bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan edi.

Ma’lumot uchun, Italiyaliklar so‘nggi marta 2021-yilda Yevropa chempionatida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritgan. Aytish joizki, o‘sha paytda jamoani aynan Roberto Manchini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar