Live
1
O'zbek

La Liga rahbari: «Hali sentyabr oyidamiz, «Real» esa allaqachon chempionatni insofsiz deb atamoqda»

Futbol
22 sentabr, 07:00
Xavyer Tebas Madrid klubining hakamlikdan noroziligi yuzasidan fikr bildirdi.
La Liga rahbari: «Hali sentyabr oyidamiz, «Real» esa allaqachon chempionatni insofsiz deb atamoqda»
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 1 Real Madrid Real Madrid

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi bahsdan keyin Madrid klubining hakamlikdan noroziligiga munosabat bildirdi. «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bahsdan so‘ng «Real» vakillari hakamlik qarorlarini tanqid qilgandi.

Tebasning fikricha, «Real»ga qarshi hakamlar fitna uyushtirilayotgani haqidagi gaplar asossiz. La Liga rahbari bunday fikrlar maydondagi voqealarni muhokama qilishdan ko‘ra osonroq ekanini ta’kidladi.

«Abadiy fitna haqidagi materiallar paydo bo‘la boshladi. Hakamlar «Real»ga qarshi ekanini aytish boshqa galaktikadagi odamlarning fikrlariga o‘xshaydi. Maydonda nima bo‘layotganini tahlil qilishdan ko‘ra fitna haqida gapirish ancha oson. Hali sentabr oyidamiz, ular esa chempionatni allaqachon insofsiz deb atamoqda», — deb yozdi Tebas ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» La Liga 7-turida «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Madrid derbisidan so‘ng «Real»ning bosh murabbiyi Joze Mourinio ham hakamlik yuzasidan e’tiroz bildirgandi.

Ma’lumot uchun, La Liga 7-turidan so‘ng «Real» peshqadam «Barselona»dan olti ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar