Live
3
O'zbek

Makelele: «Muammo hakamda emas. «Real» zaif, ularda o‘yin rejasi va aniq g‘oya ko‘rinmayapti»

Futbol
21 sentabr, 11:46
Madrid klubining sobiq yarimhimoyachisi jamoaning derbidagi mag‘lubiyati sabablarini aytdi.
Makelele: «Muammo hakamda emas. «Real» zaif, ularda o‘yin rejasi va aniq g‘oya ko‘rinmayapti»
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 1 Real Madrid Real Madrid

«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Klod Makelele jamoaning «Atletiko»dan mag‘lub bo‘lish sabablari haqida fikr bildirdi.

Kecha, 20 sentyabr kuni La Liganing 7-turida “qaymoqranglilar” 1:2 hisobida yutqazdi.

O‘yindan so‘ng «Real» klubining media vakillari bosh hakam Migel Anxel Ortiz Ariasning ishini tanqid qilishdi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinio esa matbuot anjumaniga Jud Bellinghemning oyog‘ini bosgani uchun Kristian Romero olgan sariq kartochka va Li Kan Inning Federiko Valverdening to‘pig‘iga bergan zarbasi aks etgan epizodlar chop etilgan kadrlarni olib keldi.

«Hakamlarni aybdor qilib ko‘rsatish kerak emas. Futbolchilar o‘rtasida ham, jamoa va murabbiy o‘rtasida ham o‘zaro tushunish yo‘q. Mourinio ular bilan gaplashishi kerak.

Jamoa zaif, ularda o‘yin rejasi yo‘q, umuman hech narsa yo‘q. Ulardan ko‘proq narsa talab qilishimiz kerak. Muammo hakamda emas. Jamoaga yaqqol nimadir yetishmayapti, maydonda aniq g‘oyalar yoki rejalar ko‘rinmayapti»
, — dedi Makelele ESPN efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar