Live
3
O'zbek

Sarukyan keyingi jangi qachon bo‘lishini aytdi

MMA
21 sentabr, 12:20
Armanistonlik jangchi unda jarohat yo‘qligini ma’lum qildi.
Sarukyan keyingi jangi qachon bo‘lishini aytdi
Foto: Getty Images

Arman Sarukyan UFC 331 turnirida Maurisio Ruffini magʻlub etganidan soʻng, keyingi jangini dekabr oyida oʻtkazishga tayyorligini aytdi.

«Menda hech qanday jarohat yo‘q. Bir hafta dam olishim kerak, shundan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlayman.

Dekabrning o‘rtasi yoki oxirida jang qilish — yaxshi variant. O‘sha vaqtda yaxshi kard bo‘ladi. UFC qachon desa, men tayyor bo‘laman»,
— dedi Sarukyan.

Avvalroq armanistonlik jangchi chempion Jastin Geyjining unga qarshi toʻqnashuvdan qochayotgani haqida gapirgandi.

Bugungi yangiliklar