Live
3
O'zbek

Yevropaning 4 jamoasi Min Jae xizmatiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
21 sentabr, 11:27
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda.
Yevropaning 4 jamoasi Min Jae xizmatiga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Kim Min Jae bir qator Yevropa klublarining e’tiborini tortdi.

Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, koreyalik futbolchining kelajagini «Tottenhem», «Aston Villa», «Yuventus» va «Milan» klublari kuzatib bormoqda. Klublar yanvarda uni ijaraga olish taklifi bilan chiqishi mumkin.

O‘z navbatida, «Bavariya» ham futbolchisini ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi. Bunga uning jamoada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Min Jae 2023-yilda «Napoli»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan. Bu mavsumda Myunxen klubi safida barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda.

Avvalroq «Bavariya» rahbariyati koreyalik himoyachi bilan uning kelajagi borasida muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Bugungi yangiliklar