O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mutaxassislar bilan to‘ldirildi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Silvano Kotti — fizioterapevt (Italiya)
Ko‘p yillik xalqaro tajribaga ega Silvano Kotti faoliyati davomida Italiya milliy jamoasi, «Inter», «Milan», «Chelsi», «Roma» hamda Xitoy milliy jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan.
Andrea Iuliano — sport nutriologi (Italiya)
Andrea Iuliano — biolog-nutriolog va sport ovqatlanishi bo‘yicha mutaxassis. U faoliyati davomida «Udineze» klubida hamda Shveytsariya U-21 milliy jamoasi bilan ishlagan.
Yangi mutaxassislar O‘zbekiston milliy terma jamoasining tayyorgarlik jarayonida futbolchilarning jismoniy holati, tiklanishi va sport ovqatlanishi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabiga italiyalik ikki mutaxassis qo‘shildi
Futbol
21 sentabr, 09:55
13
Fizioterapevt Kotti «Chelsi», «Milan» klublari va Italiya milliy jamoasida ham ishlagan.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi