O‘zbekiston milliy jamoasining Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
FIFA kunlari doirasida tashkil etiladigan O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsni rossiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Uchrashuvga FIFA hakami Kirill Levnikov bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi. Shu tariqa, ikki Osiyo jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsida rossiyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlaridan foydalangan holda navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib — Eron milliy jamoasi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuv 24-sentabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining bo‘lajak bahslar uchun tarkibi e’lon qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi