«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone «Barselona»ning sermahsulligidan hayratda.
Bu mavsumda kataloniyaliklar 8 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, 36 ta gol urishdi.
«Goʻyoki «Barselona» bizdan farqli oʻlaroq, boshqa bir sport turida oʻynayotgandek. Ularda markaziy hujumchi yoʻq edi, ammo Rafinya bu pozitsiyada oʻynay boshladi va 12 ta gol urdi. Yamal esa 7 ta golga ega.
Ular uyda ham, safarda ham pressing qiladi, sizga vaqt qoldirmaydi va toʻp oʻtkazib yuborishdan qoʻrqmay, tavakkal qilishadi. Goʻyoki oʻtkazib yuborilgan gol ularni yanada kuchliroq qilayotgandek. Hozirgi paytda ular — eng yaxshi jamoa», — deya Simeonening soʻzlarini keltiradi AS.
Simeone: «Barsa» goʻyoki boshqa sport turida oʻynayotgandek. Hozir ular — eng yaxshisi»
Futbol
21 sentabr, 08:19
45
«Atletiko» bosh murabbiyi Kataloniya klubining sermahsulligidan hayratda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi