«Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer mushak jarohati sabab Angliya milliy jamoasining bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Avvalroq The Athletic nashri yosh futbolchi yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash maqsadida milliy jamoaning yaqinlashib kelayotgan yig‘inini o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgandi.
Sentyabr va oktabr oylarida Angliya milliy jamoasi UEFA Millatlar ligasida 4 ta o‘yin o‘tkazadi. Tomas Tuxel shogirdlari Chexiya bilan ikki marta o‘ynaydi, shuningdek, Ispaniya va Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.
Palmer Angliyaning oldindagi 4 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Futbol
21 sentabr, 06:44
«Chelsi» yarimhimoyachisi son mushaklaridan jarohat olgan.
Foto: Getty Images