Live
1
O'zbek

Xabi Alonso: «Biz yaxshiroq o‘ynashimiz shart»

Futbol
18 sentabr, 22:25
    14
«Chelsi» bosh murabbiyi «Brentford»ga qarshi uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi.
Xabi Alonso: «Biz yaxshiroq o‘ynashimiz shart»
Foto: Getty Images
18.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Brentford Brentford 3 : 0 Chelsi Chelsi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APL doirasida «Brentford»ga qarshi uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.

«Hamma narsa, ayniqsa, natija hafsalamizni pir qildi. Lekin biz yaxshiroq o‘ynay olamiz va yaxshiroq o‘ynashimiz shart.

45 daqiqa davomida yaxshi kurashdik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz pasayib ketdi va uchta gol o‘tkazib yubordik.

E’tiborni jamlash kerak. Standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborsangiz, raqib ustunlik va o‘yin nazoratini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi goldan keyin vaziyat ancha qiyinlashdi, jarima maydonimiz yaqinida intizom bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Buni to‘g‘rilashimiz kerak, bular bizning xatolarimiz edi.

Birinchi bo‘limda o‘yinda edik, ammo xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Qulay vaziyatdan zarba berish uchun so‘nggi uzatma va so‘nggi harakat yetishmadi. Biroq bu masalaning faqat bir tomoni.

Ikkinchi tomoni — pozitsiyani saqlash, zich o‘ynash, himoyalanish va raqib hujum qilganda birgalikda harakat qilish. Yakkakurashlarda g‘alaba qozonishimiz va bu borada barqaror bo‘lishimiz kerak», — dedi Alonso.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar