«Chelsi» darvozaboni Emiliano Martines uchun «ko‘klar»dagi dastlabki uchrashuvlar muvaffaqiyatsiz kechmoqda.
London klubi Premyer-liganing 5-turida safarda «Brentford»ga yirik hisobda (0:3) yutqazib qo‘ydi. Uchala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi.
Shu tariqa, argentinalik 34 yoshli darvozabon «Chelsi» safidagi dastlabki to‘rtta uchrashuvida o‘z darvozasidan 10 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu har bir bahsga o‘rtacha 2,5 tadan gol to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, Martines avgust oyi oxirida «Aston Villa»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan. U 2020-yildan buyon birminghemliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Transfer qiymati 8,75 million yevroni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa Premyer-liga turnir jadvalida 7 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Endilikda jamoa 6-turda 10-oktabr kuni «Bornmut»ni uyda qabul qiladi.