«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska «Fulhem»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Mening asosiy maqsadim — shanba kuni «Fulhem» ustidan g‘alaba qozonish. Har bir o‘yinni alohida ko‘rib chiqishni afzal bilaman. Fevral yoki mart oylari haqida o‘ylashni yoqtirmayman. Keyingi uchrashuvga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘raman. Mavsum yakunida esa qayerda bo‘lishimizni ko‘ramiz», — deya Mareskaning so‘zlaridan keltiradi «shaharliklar» klubi rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, 10 turdan keyin «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Mareska jamoasining «Fulhem»ga qarshi bellashuvi 21 noyabr kuniga belgilangan.