«Manchester Siti» himoyachisi Riko Lyuis klubning uchta yirik sovrinni qo‘lga kiritgan mavsumini esladi. U o‘sha jamoaning bir qismi bo‘lish imkoniyatini bergani uchun bosh murabbiy Pep Gvardiolaga minnatdorlik bildirdi. Jurnalist Sem S. futbolchining so‘zlarini keltirmoqda.
«Dunyoda trebl qayd etgani bilan maqtana oladigan futbolchilar ko‘p emas. O‘sha jamoaning bir qismi bo‘lishim va «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazayotgan paytda kiyinish xonasida bo‘lishim uchun Gvardioladan minnatdorman.
O‘ylaymanki, 10 yildan keyin ortga qarab, o‘shanda bu qanchalik ajoyib bo‘lganini to‘liq anglamaganimni tushunaman», — dedi Lyuis.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 2022/23-yilgi mavsumda Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, trebl qayd etgan.
21 yoshli Lyuis ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta bahsda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.