Tomas Frank «Kristal Pelas» bosh murabbiyiga aylanadi.
Klub daniyalik mutaxassis bilan uni bosh murabbiy lavozimiga tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Frankning murabbiylar shtabi tarkibi bo‘yicha muzokaralar ham yakuniy bosqichga yetgan.
«Brentford» va «Tottenhem»ning sobiq bosh murabbiyi 21-noyabr kuni «Koventri»ga qarshi bahsda «Kristal Pelas»ni boshqaradi.
O‘tgan haftada London klubi bosh murabbiy Per Sajni lavozimidan ozod qilgandi. APLning dastlabki 10 ta turidan keyin «burgutlar» turnir jadvalining so‘nggi o‘rnini egallab turibdi.
Tomas Frank «Kristal Pelas» bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin
Futbol
16 noyabr, 09:25
Daniyalik mutaxassis avval ham London klublarini boshqargan.
Foto: Getty Images