Live
1
O'zbek

Rasman: «Kristal Pelas» bosh murabbiy bilan xayrlashdi

Futbol
12 noyabr, 08:10
    1
Pyer Saj jamoa boshqaruviga tayinlanganidan besh oy o‘tib iste’foga chiqarildi.
Rasman: «Kristal Pelas» bosh murabbiy bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

Londonning «Kristal Pelas» klubi rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Pyer Saj bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qildi.

«Klub Pyer va uning murabbiylar shtabiga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildiradi hamda kelgusi faoliyatida omad tilaydi. Yangi bosh murabbiy tayinlanishi haqida yaqin vaqt ichida ma’lumot beriladi», — deyiladi klub bayonotida.

Fransiyalik mutaxassis 2026 yil iyun oyida Oliver Glasner o‘rniga tayinlangan edi. Saj qo‘l ostida jamoa mavsum boshida 7 ta mag‘lubiyatga uchrab, atigi 2 ta g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, «Kristal Pelas» Angliya Premyer-ligasining 10 turidan keyin 7 ochko jamg‘argan.

Eslatib o‘tamiz, London klubi ayni paytda turnir jadvalida 20-o‘rinni egallab, oxirgi pog‘onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar